Ilova haqida

Ushbu ilova sanoq sistemalari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Agar siz talaba, dasturchi yoki shunchaki raqamlar olamiga qiziquvchi bo‘lsangiz — bu ilova siz uchun foydali qo‘llanma bo‘la oladi. Ilova orqali siz turli sanoq sistemalari bo‘yicha bilim olishingiz, hisob-kitob qilishingiz va kerakli konvertatsiyalarni bajarishingiz mumkin.

Konvertor

Bu bo‘lim orqali siz 2 dan 36 gacha bo‘lgan istalgan sanoq sistemasidan boshqa istalgan sanoq sistemasiga sonlarni oson va aniq tarzda o‘tkazishingiz mumkin. Faqat butun sonlar emas, balki kasr sonlar va manfiy qiymatlar ham to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi. Konversiya jarayoni nafaqat natija beradi, balki har bir qadamni tushunarli qilib izohlaydi, shu orqali siz jarayon mantiqini o‘rganishingiz mumkin. Natijalar aniq va ishonchli bo‘lib, siz ta’lim, dasturlash, matematika yoki kundalik hisob-kitoblarda foydalana olasiz. Qulay interfeys va tushuntirishlar. Siz endi murakkab konvertatsiyalarni yodlab qolish o‘rniga, ularni real vaqt rejimida tushunishingiz va amalda qo‘llashingiz mumkin.

Kalkulyator

Bu bo‘lim odatiy standart kalkulyatorning barcha imkoniyatlarini taqdim etadi, biroq bitta farq bilan: siz 2 dan 36 gacha bo‘lgan istalgan sanoq sistemasini tanlashingiz mumkin. Barcha arifmetik amallar — qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish va boshqa hisob-kitoblar — tanlangan sanoq sistemasida amalga oshiriladi. Bu sizga nafaqat natijalarni olish, balki o‘sha sanoq sistemasida hisoblash mantiqini amalda ko‘rish imkonini beradi. Kalkulyator butun, kasr va manfiy sonlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Maqolalar

Bu bo‘limda sanoq sistemalari haqida umumiy va chuqurroq ma’lumotlar beriladi: Sanoq sistemasi nima va qanday ishlaydi; O‘nlik, ikkilik, sakkizlik, o‘n oltilik kabi tizimlar farqi; Amaliyotda qo‘llanishi va tarixiy izohlar. Bu qism ayniqsa o‘quvchilar va o‘rganuvchilar uchun foydalidir.

Ulashing

Ilova foydali deb o‘ylasangiz, uni boshqalar bilan ham ulashing. Bu ilova orqali nafaqat siz, balki atrofingizdagi do‘stlar, kursdoshlar va hamkasblar ham sanoq sistemalarini o‘rganishlari, bilimlarini boyitishlari mumkin. Ilova oddiy interfeys va sodda izohlar bilan murakkab mavzuni tushunarli shaklda yetkazadi. Ayniqsa, talabalar uchun bu yaxshi qo‘shimcha manba, dasturchilar uchun esa foydali vositadir. Hisoblash, konvertatsiya, o‘rganish va kod yozish barchasi bir joyda jamlangan — sanoq sistemasiga oid barcha bilimlar bir ilovada yig'ilgan.

Biz bilan bog'laning

  • Savol yoki takliflaringiz bormi?
  • Ilovaga biror qo'shimcha kiritish taklifingiz bo'lsa yoki ilovada nimanidir tushunarsiz deb hisoblaysizmi?
  • Biror mavzuda maqola qoʻshmoqchisiz yoki qoʻshish kerak deb hisoblaysizmi?
  • E'tiroz yoki shikoyatingiz bormi?
  • Ilova ishlashida yoki xabarlar mazmunida biror xatolik yoki tushunarsizlik bo'lsa
  • Ilovaga oid va ilovadan tashqari savollar uchun ham
Biz bilan bog'laning. Sizning fikringiz biz uchun muhim!